O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida Strategik sheriklik bo‘yicha Oliy kengashning tashkil etilishi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim siyosiy asos yaratadi. Biroq haqiqiy integratsiya balandparvoz bayonotlar bilan emas, amaliy natijalar bilan o‘lchanadi.
Ikki davlat o‘rtasida ikkita chegara o‘tkazish punkti mavjud bo‘lsa-da, chegaradan o‘tish tezligi, ayrim ma’muriy to‘siqlar va muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovning yo‘qligi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga xalaqit bermoqda.
Toshkentning yaqinlashuvga intilishi seziladi. Endi bu jarayon Ashxobodning ham aniq amaliy qadamlari bilan qo‘llab-quvvatlanishi muhim. Zero, strategik sheriklikning haqiqiy qiymati imzolangan hujjatlarda emas, balki fuqarolar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlarda namoyon bo‘ladi.
Siyosatchilar o‘nta Oliy kengash tuzishlari mumkin. Ammo ijtimoiy va biznes aloqalari chegara cheklovlari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘nalishlarining yo‘qligiga borib taqalar ekan, bunday tashriflar asosan diplomatik marosim darajasida qolib ketadi.
S.Nazarov, SFCA kuzatuvchisi
Strategic Focus: Central Asia

8
6
2
111-oktabr, 2026 1,8 ming 2