Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov “Avtonomov” hududida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda joriy yilgi paxta hosilini qisqa muddatlarda, sifatli va uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish, terim jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, paxta terimiga qo‘shimcha daromad qilish istagidagi ixtiyoriy terimchilarni jalb etish, texnika va transport vositalarini mavsumga puxta tayyorlash, dalalarda mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda terimchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi fermerlarni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishga, mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etishga chaqirdi.
Uchrashuv yakunida mas’ullarga paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.




