MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy: post #61438 — TG.ME

Mirishkorda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov, tuman prokurori Sardor Nazarov va IIB boshlig‘i G’ayrat Xaydarovlar tomonidan har shanba an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, yer va uy-joy masalalari hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi va qator murojaatlar joyida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
⚡2👍2❤1
September 5, 2026 2.8K 4