MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy: post #61442 — TG.ME

Mirishkorlik yoshlar tadbirkorlikda namuna ko‘rsatmoqda

Mirishkor tumanida yoshlar davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqda.

Xususan, tumanning Mirishkor mahallasida yashovchi Qo‘chqorov Zohidjon mahalla yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit olib, zamonaviy stanoklar xarid qildi va eshik hamda rom ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Bugungi kunda yosh tadbirkorning korxonasi tumandagi eshik va romlarga bo‘lgan talabning qariyb 80 foizini qoplab, 5 nafar yoshning bandligini ta’minlamoqda. Faoliyatidan oyiga 15–20 million so‘mgacha daromad olmoqda.

Shuningdek, Baluj mahallasida yashovchi Yusufboyev Damir ham yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan. U PQ-62-sonli qaror asosida 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, asalarichilik bilan shug‘ullanishni boshladi.

Dastlab 30 ta asalari yashigidan ish boshlagan yosh tadbirkor bugun o‘z faoliyatidan 30–35 million so‘mdan ortiq daromad olishga erishmoqda.

Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X
👍3❤2👏1
September 5, 2026 1.2K 4