Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar! Favqulodda vaziyatlar… — MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy — TG.ME

Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar!

Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning sentyabr oyi respublikamiz bo‘ylab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi sifatida o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur oylikning asosiy maqsadi — aholi va hududlarni yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqarolarning yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini, shuningdek, xavfsizlik madaniyatini yanada oshirishdan iborat.

Oylik doirasida aholi va tashkilotlar xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, yong‘inlarning oldini olish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha seminarlar, ma’ruzalar, mahorat darslari, tanlovlar, targ‘ibot tadbirlari va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Aziz tumandoshlar!

Sizlarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga, elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishga, xonadonlarda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilishga chaqiraman.

Unutmang, yong‘inning oldini olish — uni bartaraf etishdan ko‘ra osonroq va samaraliroqdir. Har birimiz o‘zimiz va yaqinlarimiz xavfsizligi uchun mas’ulmiz.

Favqulodda vaziyat yuz berganda 112 yagona dispetcherlik xizmatiga, shuningdek, 101 yoki 1050 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Mirishkor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari,
kapitan Choriyev Samar Xo‘jamqulovich

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
❤7👍6
September 5, 2026 2.5K 9