Agar orzuning aniq narxi bo’lsa u orzu emas, xarajat, degan gap bor.💡Ya’ni orzuni pulga sotib olib bo’lmaydigani haqiqiy orzuning zavqini beradi. Moddiylik baribir o’zinikini qiladi, bunday orzuga yetib borish uchun ham xarajat qilinadi, ya’ni. Ammo o’sha xarajatning 10 tasini qilib ham yetolmaslik mumkin. Ya’ni haqiqiy orzuga yetish uchun insonda nafaqat pul, balki munosiblik ham bo’lishi kerak. Masalan, dunyo tanigan yozuvchi yoki qo’shiqchi bo’lish.
💎 Agar odamda zo’r yoza olish yoki kuylash qobiliyati bo’lmasa, milliard dollar tikmaydimi, bu orzuga erishish soxta va vaqtincha bo’ladi.
❗️Qaynoq nuqtasi shundaki, bunday orzu = missiyadir. Insonning qalbini yondiradigan orzuga erishish bu dunyodagi missiyamizga kirishishni boshlab beradi.
P.S. Uy va mashina olishni, sayohatlarga chiqishni ham orzu qilavering, ammo oliy orzu haqida ko’proq qayg’uring. Men ham hozir shu yo’lga o’tib oldim. Ko’proq tog’ning cho’qqisi qiziqtiryapti
@maqsad888
