NOKAMTAR POST Menga juda yaxshi insonsiz, deyishdi. Yana oldingidan… — Sadoqat bilan — TG.ME

NOKAMTAR POST

Menga juda yaxshi insonsiz, deyishdi. Yana oldingidan ancha yosh ko’rinyapsiz deb ham xursand qilishdi. (Bilmadim, bunga xursand bo’lish qanchalik to’g’ri)

Ko’pincha, soddasizda, deb qo’yishadi. Xullas, har kuni maqtov eshitamanu (ochig’i, bular juda yoqimli) lekin ular menga maqtov bo’lib eshitilmaydi. Nega?!

Chunki yaxshi bo’lish yaxshi emas! Boshingni yeydi. Yomon bo’lish ham osonmas, ammo. Yosh ko’rinish, yo’q. Bu ham unchalik yaxshi emas, yoshingga mos hurmat ko’rmaysan🤦‍♀️

Soddalikku bizda allaqachon salbiy sifatga aylanib ulgurgan.

Bu ichimda kichkina, lekin o’lguday ayyor “odamcha”ning gaplari. Hartugul uning borligi tinchlantiradi. Demak, unchalik, ham yaxshi emasman.

Yaxshi bo’lishning o’z vaqti va joyi bor (ekan). Har doim yaxshi bo’lish hayotni qiyinlashtiradi. Ichingizdagi “odamcha” ga borligi uchun siz ham rahmat deb qo’ying, hurmatli yaxshilarim❤️
❤5
October 25, 2025 244