Shunday insonlarni bilaman. Xalqaro darajadagi loyihalari, yutuqlari… — Sadoqat bilan — TG.ME

Shunday insonlarni bilaman. Xalqaro darajadagi loyihalari, yutuqlari bor. Katta ishlar qilishgan. Ammo gaplashsangiz shu qadar beg’ubor, hokisor va kamtar.

… Va shunday odamlar borki, qo’lidan bir ish kelmaydi, nimanidir qoyillatib qo’ymagan. Eng xavflisi, nimagadir erishish uchun barmog’ining uchini ham qimirlatgisi kelmaydi. Biroq shu qadar dimog’i osmonki, endi qo’yaverasiz. Birov bilan suhbatlashgisi kelmaydi, ensa qotirishni yaxshi ko’radi.

Xullas, o’ziga bo’lgan ishonchni niqob qilib yashash tarafdori emasman. Ha, inson o’ziga ishonishi kerak! Lekin bu ishonch adekvat bo’lsin. Boshqalarning kamchiligini yuziga aytish, manipulyatsiya qilish hisobiga emas. Zotan har bir insonda kemtiklar bo’lishi tabiiy. Agar qarshingizdagi inson sizga qarshi hujum qilib sapchimasa, bu uning kuchsizligi emas, aksincha donoligidandir.

Kuningiz yaxshi o’tsin.
🔥6❤2
October 15, 2025 196 2 1