YAKSHANBA POSTI Bir paytlar eshitgandim. Abdulla Qahhor dam olish… — Sadoqat bilan — TG.ME

YAKSHANBA POSTI Bir paytlar eshitgandim. Abdulla Qahhor dam olish kunlarida uyining tashqarisidagi yerda ketmon chopar ekan. O’tgan-ketgan odamlar: “ha, ishlayapsizmi” deyishganda, “yo’q, dam olyapman” deb javob qaytarar ekan. Ya’ni iste’dodlar uchun uy yumushlari aslida ish emas, dam olish vositasi bo’lgan. Agar Abdulla Qahhor ham ro’zg’orga ish deb qaraganida, ertayu-kech faqat shu ro’zg’or uchun yelib-yugurganida bugun biz, balki, uning eng sara hikoyalarini o’qimasdik. Abdulla Qahhor maktabi shakllanmasdi, undan o’zbek adabiyoti vakillari yetishib chiqmasdi. Hayotni “dam olish vositalari”ga emas, missiyaga sarflash - asl yashamoq, menimcha. Ammo har zamonda dam olib turish ham kerak. Hammasini muvozanatda ushlash muhim.

November 9, 2025 269 1