Hamma bu dunyoga missiya bilan kelishi rost! Kimdir ta’lim beradi… — Sadoqat bilan — TG.ME

Hamma bu dunyoga missiya bilan kelishi rost! Kimdir ta’lim beradi, kimdir tarbiya, kimdir dars, kimdir tajriba. Yana kimdir hayotni o’zgartiradi, yaxshilaydi yoki… haa mayli Ilgari bu mavzuda uzoq o’ylardim: men bu dunyoga nima berish uchun keldim? Oxirgi paytlar olish haqida o’ylaydigan bo’lib ketdim. Bandamizda savdoni yaxshi ko’ramiz. Ichimda bir hazin qichqiriq bor: yomon bo’lmang, yomonlik qilmang, odamlar! Kimningdir hayotini, nomini, nonini bulg’amasdan yashaylik, boshqalarga mayli, o’zimizga yaxshiligimiz shu emasmikan(?) Yomon qolib yaxshilarni talaydigan tabiatimiz bor, balki buni foydaga ishlatarmiz, balki jamiyatdagi illatlarni qoralaganimiz hayotimizni oqlashdir. Odamlarni emas (!) jamiyatni “davolash” kerak, balki. Uyqu kelmasa shunaqa fikrlar kelib qoladi, o’qiganingizga rozi bo’ling❤️

September 30, 2025 197 1 1