Daniya kundaligi🇩🇰: post #689 — TG.ME

2025 May, masofa 10 km- vaqt 54min - yurak urishi o’rtacha minutiga 162, yoqilgan kaloriya 800, havo 18 gradus bulutli

2026 May, masofa 10km- vaqt 53 min- yurak urishi o’rtacha minutiga 127, yoqilgan kaloriya 664, havo 18 gradus quyoshli.


Bu 1 yil oldingi fitnes darajam bilan hozrgi xolatimdagi o’zgarish. Sodda aytganda bir yil avval 10 km ni yugurishim uchun yaxshigina mehnat qilganman, va yugurishdan keyin qattiq charchoq his qilganman.
Hozrgi kunda bu juda oson va deyarli sezilarsiz charchoq bilan kechyapti. 2024-yil may oyiga solishtira olmayman chunki u vaqti umuman yugurmasdim. Demak u vaqti yanayam yomon xolatda bo’lganman. ChatGptdan bu haqida fikr so’rasam juda maqtavordi. Bir yil oldin kimdir kelib shunaqa xolatga chiqa olasan desa ishona olmasdim, chunki o’sha 10km men uchun azob edi.

Odam tanasi juda moslashuvchan: unga yengillik berilsa semiradi, noziklashadi, shug’ullantirsa chiniqib boradi.

Nasib qilsa 2027-yilda yana ham yaxshiroq xolatda
bo’lamiz.

2026.05.24
Daniya kundaligi
👍10🍓2🔥1👏1
May 24, 2026 156