Ma’lumot uchun.. Bizga qarama qarshi yashaydigan o’rta yoshdagi… — Daniya kundaligi🇩🇰 — TG.ME

Ma’lumot uchun..

Bizga qarama qarshi yashaydigan o’rta yoshdagi qo’shnimiz bilan yaxshi kelishib salom alik qilib turamiz. Ba’zida o’g’lim uni farzandlari bilan o’ynaydi. Yaxshi insonlar. Boshqalardan farqli 5 ta farzandi bor, kattasi 17-18 yosh eng kichigi 6-7 atrofida. Er-xotin ikkisi ham ishlamaydi. Ammo kichik bo’lsayam mashinasi bor, xovlisida sport uskunalari, bolalari uchun turli o’yin anjomlari o’rnatilgan. Uyimiz yonidagi supermarketda kun ora ko’rishib qolamiz. Ya’ni ishlamasa ham savdo-sotiq qilishga qurbi yetarli. Eng qizig’i er xotinning tahminan har soatda sigaret chekish uchun tashqariga chiqqanini ko’raman.
Bu qo’shnimiz shu paytgacha men ko’rgan ishlamay yashaydiganlardan bittasi xolos, buyerda ular anchagina.

Nafaqat bizni yurtlarda balki dunyoning aksar davlatlarida oilada kamida bir kishi ishlamasa yashash qiyin yoki imkonsiz.

Ammo skandinaviyada bunday emas. Qisqa aytganda katta qozondan hamma ovqatlanadi ya’ni ishchilar ishlaydi, soliq to’laydi, va jamiyatning katta qismi o’sha soliq hisobidan yashaydi.

Undan tashqari ko’p farzandlilar (bir oiladan ikkita bola bo’lsa) uchun bog’cha, maktab pullari qisqaradi, davlat bolalar puli to’laydi 18 yoshgacha. Jamoat transportlari tekin yoki juda arzon bo’ladi.

Vaqtincha ishsizlar, sog’lig’i bilan muommosi borlar ham davlatdan yordam olib yashaydi.

Yaqinda daniyada parlament saylovi bo’ldi va ijtimoiy yordamni qo’llovchi partiya(lar) ko’proq ovoz yig’ishdi. Bu chet elliklar uchun nimani anglatadi? Shaxsiy fikrimcha, aholining katta qismi davlatdan yordam olib yashashni davom ettirsa, g’ayrati va kuchi bor chet elliklar boshqacha aytganda soliq to’lovchilar hali ancha vaqt bu jamiyat uchun kerakli bo’ladi.

2026.04.06
Daniya kundaligi
Telegram
Daniya kundaligi🇩🇰
Assalomu aleykum kanal a’zolari. Bu kanalda Daniyadagi hayot, o’qish, ishlash, sayohat va bazi sohadagi muhim deb o’ylagan (o’ta shaxsiy) fikrlarimni berib boraman.
🔥7👍1🍓1👨‍💻1
April 6, 2026 280