Bir o’zbek yigit linkedindan maslahat so’rab yozib qoldi. Postlarimni… — Daniya kundaligi🇩🇰 — TG.ME

Bir o’zbek yigit linkedindan maslahat so’rab yozib qoldi. Postlarimni 2 yildan beri kuzatar ekan. O’zi Polshada ishlarkan, oyligi ham chakki emas. Ishi ofisda o’tirib, turli davlatlarga kasalxona uchun jixozlar yetkazib beradigan kattagina kompaniyada. Nemis, ingliz tillarini biladi. Mendan Daniyaga kelish haqida savollar so’radi. Maqsadi Daniyaga kelib magistr o’qish va keyin ishlash. Men nega tayyor ishni tashlab buyoqqa kelasiz desam, komfort zonamga tushib qolganman deydi. Ya’ni o’zgarish qilishni xoxlayman, bir xillikdan zerikdim degan ma’noda javob berdi. Savollariga javob berdim va o’zim Koreyadan chiqishdan oldingi xolatimni esladim. Menda unaqa imkoniyat bo’lmagan va buyerdagi haqiqiy xolatni bilmay kelaverganman. Albatta shu orqali yaxshigina tajriba olganman lekin endi menda tajriba bor ekan boshqalarni o’zimni xolatimga tushishini xoxlamayman. Men ishonamanki u bola Daniyaga kelish maqsadiga erishadi va keyinchalik ham katta natijalar ko’rsata oladi. Sababi: Unga falon vaqti telefon qiling degandim, xattoki minut ham kech qolmay aloqaga chiqibdi (tartibli va birovni vaqtini hurmat qiladigani bilindi). Undan tashqari savollari aniq va shunchaki umumiy gaplar emas (bu degani niyati jiddiy, hom hayollar bilanmas maqsad bilan reja qilgan). Eng muhimi, tayyor ishdan voz kechib yangidan hayot boshlash uchun boshqa davlatga borishning o’zi katta jasorat. Tan olish kerak bu hammaning ham qo’lidan kelmaydi. Mana shunday tartibli va puxta o’ylab tavakkal qilish ortidan yaxshi natijaga erishiladi. Bu argumentni har qanday xolatga qo’yish mumkin. Sog’lom bo’laman degan odam uyda chips yeb kino ko’rib yotmaydi. Haftalik/kunlik reja qiladi, uyquga vaqtida yotadi, yomg’ir qor demay zaliga boradi. Sayohat qilaman degan odam pulini yig’adi, bozorda ko’ziga ko’ringan har narsani olavermaydi, qo’shimcha ishlaydi va hk. 2026.02.08 Kopengagen, Daniya Daniya kundaligi

TelegramDaniya kundaligi🇩🇰Assalomu aleykum kanal a’zolari. Bu kanalda Daniyadagi hayot, o’qish, ishlash, sayohat va bazi sohadagi muhim deb o’ylagan (o’ta shaxsiy) fikrlarimni berib boraman.
February 8, 2026 390 8