Juda tez sotilib ketgani uchun Kopengagen marafoniga yozila… — Daniya kundaligi🇩🇰 — TG.ME

Juda tez sotilib ketgani uchun Kopengagen marafoniga yozila olmagandim lekin kimdir fikridan qaytib qolar deb ismimni kutish listiga berib qo’ygandim. 1-aprel kuni bitta joy ochilgani haqida xabar keldi, o’ylab o’tirmay ovordim. Xullas, 10-may Kopengagen marafonida yuguradigan bo’ldim.
O’tgan yilgi natijam 4 soat 4 minut edi. Bu yil 3 yarim soatdan kam (niyat 3s 20m) vaqtda tugatish. Ancha katta sakrash. Bu har bir km ni tahminan 4 min 44 sekunda bosib o’tish yoki soatiga o’rtacha 12.5 km tezlikda yugurish degani.

Bu hafta 65.5 km yugurdim, kelasi hafta 70 km va oy oxirigacha 80 km chiqish.

Qiziq xolat, 42 km ni yugurib tugatishni o’zi 2 yil oldin men uchun hom-hayol, qilib bo’lmas ish edi. Lekin eng muhimi men tashqariga chiqib yugurib boshladim. Boshlagandayam og’ir qishki krasovkada yugurgandim birinchi marta. Issiq sovuq yomg’ir qor bo’lsayam to’xtamadim. Natija bo’ldi.

Farq 2 yil oldingi men tartibsiz, va o’ziga ishonchi oz edi. Sport faqat sog’liqqa emas shaxsiyatga ham katta ta’sir qilarkan.
👏12🔥7⚡1🕊1🍓1💘1
April 12, 2026 311