Qachonki odamlar to’q bo’lsa, boshqalar haqida o’ylay oladi. Daniya… — Daniya kundaligi🇩🇰 — TG.ME

Qachonki odamlar to’q bo’lsa, boshqalar haqida o’ylay oladi. Daniya dunyodagi eng baxtli va boy davlatlar sirasida turadi.

Deyarli har bir mahallada ishlatilgan narsalarni tashlab ketadigan joy bor. Bu axlatxona emas. Xoxlaganlar olib ishlatadi. O’zim ham olganman chunki aksari juda yaxshi xolatdagi stol-stul, o’yinchoq, ish qurollari yoki shunga o’xshagan buyumlar. Bu uyat sanalmaydi. Aksincha kimdir siz orqali biror hojatini chiqarsa xursand bo’lasiz. Izlanishlarda ham bu ma’lum bo’lgan ya’ni beruvchi odamlar o’zlarini aqliy kuchli his qilishadi ekan, stress pasayadi, umr uzayadi, va jamiyatdagi ishonch mustahkamlanadi.

Buyumlar orasida kitoblarni ham topsa bo’ladi, bugun o’zimga yoqqan 10 tacha kitobni oldim va tugatib yana o’sha yerga qo’yaman.

2026.05.23
Daniya kundaligi
👏7👍1🔥1🍓1
May 23, 2026 166 2