Bugun ishdan odatdagidan kech ya’ni 18:00 keldim. Tartib bo’yicha… — Daniya kundaligi🇩🇰 — TG.ME

Bugun ishdan odatdagidan kech ya’ni 18:00 keldim. Tartib bo’yicha yugurishim kerak edi.
Lekin xoxishim yo’q. Miya har xil uzurlar izlash bilan ovvora.
Oila bilan bo’lib vaqt o’tib ketdi. Ertaga boshqa rejalar bor. Yakshanbaga qoldirsam haftalik masofa va tartib buziladi.
Xullas, yugurishga qaror qildim.
Soat kechki 21:15. Havo shamol bilan -11. Odamlar sekin uyquga ketyapti.
Kiyinib uydan chiqdim. Bu sovuqda yugurishmas yurishga erinasan. Aksar yo’llar sirpanchiq, qor va muz.

Yugurib keldim, charchoq yo’q, o’zimni zo’r his qilyapman. Bor yo’g’i 6km, 27 minut vaqtim ketdi. Lekin hozr mendagi hislarni tariflashim qiyin, chunki endi vijdonim qiynalmay uxlayman, ertaga
bemalol rejalarimni bajaraman, o’zbeklar bilan gapga boraman va hk.
P.S: Hammada shunaqa xolat bo’lsa kerak, bir narsani qilishimiz kerakligini bilib turib ortga suramiz, ertaga qilaman deb tashlab qo’yamiz. Uzurlar topamiz. Bir haftadan keyin qarabsizki “ertaga”lar yig’ilib ketadi. Tartib bizni tarbiya qiladi.

2026.01.30
Daniya kundaligi
👏7❤2👍2🍓2⚡1🔥1🍾1
January 30, 2026 354 1