Bu taraflarda jamoaviy ishlaydigan muhitda menejerlar qo’l ostidagilari bilan birga-bir ochiq suhbat qilishadi. Asosiy maqsad ishchida professional o’sish bormi, ishchiga nima yetishmayapti, ish oilaviy hayotga ta’sir qilmayaptimi, uni nimalar bezovta qilyapti, nima takliflari bor, va hk ni bilish. (Bu haqida batafsil yozaman).
Men hozrgi jamoamga qo’shilganimdan bir qancha hafta o’tib hamkasblarim bilan 1:1 qilish taklifini bergandim. Maqsadim mendan tajribalilardan maslahat va tavsiya olish. Odatda bunday suhbatni har 6 oyda qilishga harakat qilaman. Jamoada 7 kishimiz. Odam o’zidagi kamchiliklar va kuchli taraflarni ko’ra olmasligi mumkin shu sabab tashqaridan berilgan xolis fikr juda muhim deb o’ylayman.
2026-yilda ishdagi o’sishim uchun kerakli ko’nikmalarni hamkasblarimdan bilgim keldi.
O’tgan haftada qilgan 1:1 suhbatlarimdagi hamkasblarimning bir fikri juda o’xshash keldi. Ya’ni har xil harakterli va turlicha ishlaydigan insonlardan deyarli o’xshash fikrlar oldim.
Bular:
1. Sen qiziquvchansan (ijobiy)
2. Yordam berishda biroz oshirib yuborasan (salbiy)
3. Fokusni bir ishga ko’proq qaratganing yaxshi (salbiy).
Men ulardan fikrlarini ochiqlashini so’radim va javoblar bunday bo’ldi.
1-qiziquvchanlik o’rganishning eng muhim jihatlaridan biri, sen tez o’rganasan, har qanday ishni qilib keta olasan chunki mayda detallarni yaxshi ilib olasan, odamlar bilan suhbat qilishdan qochmaysan, tez do’stlashasan, doim kulib turasan va hk.
2- sen yordam berishni yaxshi ko’rasan lekin ba’zida bu o’zingning asosiy ishing qolib boshqalarga ko’p etibor berishinga olib keladi. Yo’q deyishni o’rgan va buni boshqalarga g’alati tuyuladi deb o’ylama deyishdi.
3- qiziquvchan bo’lganing uchun har xil vazifalarda o’zingni sinaging keladi, ammo bu fokusni buzadi va bir ishda yaxshi bilimga ega bo’lishga to’siq bo’ladi deyishdi.
Fikrlari to’g’ri va ochiqlash misollar bilan bo’lgani uchun yaxshi qabul qildim. Demak 2026 yildagi karyeramdagi maqsadim yuqoridagi kamchiliklarimni to’g’irlash bo’ladi. Bu suhbatlarga jami 4 soat ketishi mumkin. Ammo vaqt o’tib o’zim topib olaman, yoki men mukammalman deb yursam balki bir necha oy yoki yil vaqtimni yo’qotishim mumkin edi.
Xulosa, tashqaridan o’zimizga qarashimiz va xatolardan dars chiqarish kerak. Vaqt va energiya tejaladi.
2026.01.24
Lund, Shvetsiya
Daniya kundaligi
Telegram
Daniya kundaligi🇩🇰
Assalomu aleykum kanal a’zolari. Bu kanalda Daniyadagi hayot, o’qish, ishlash, sayohat va bazi sohadagi muhim deb o’ylagan (o’ta shaxsiy) fikrlarimni berib boraman.

9
2
2
1January 24, 2026 331