Skandinaviyacha uyqu!
O’g’lim Daniyada tug’ilib katta bo’lyapti. Albatta buyerning havosi unga yoqadi. Uncha muncha sovuq ham u uchun normal bo’lib qolgan. Yanvarda tug’ilgan, chaqaloq vaqtida rosa qor yoqqan, sovuq edi, biz uni tashqariga aylantirardik. Ya’ni tug’ilganidan beri sovuq havoga moslashib kelyapti.
Bugun bizda 10sm qor bor, havo shamol hisobiga -7 daraja sovuq, har doimgiday tashqarida uxlatish ancha osonroq va foydali deb uni ostonada uxlatdik.
Bu skandinaviya davlatlari uchun odatiy xolga aylangan. Bolasini tashqarida uxlatib o’zi kofe ichib o’tirgan ota-onalarni ko’p uchratasiz. Bola toza havoda tiniqib chuqur va uzoq uxlaydi. Asosiysi bolani yaxshilab kiyintirish. Bu yerlarda bir maqol bor - yomon havo yo’q, yomon kiyinish bor.
Bizning madaniyatda ota-onalar bola kasal bo’ladi deb havfsirashadi. Aslida sovuq havo kasallik keltirishiga ilmiy asos yo’q. Har qanday havoda yashay oladigan viruslar bor. Mavsum kelsa baribr kasallik tarqaladi.
Kopengagen, Daniya
2026.01.04
14
3
1January 4, 2026 362 2
