Sportda puxta reja, tayyorgarlik va davomiylik o’zini rivojlantiraman… — Daniya kundaligi🇩🇰 — TG.ME

Sportda puxta reja, tayyorgarlik va davomiylik o’zini rivojlantiraman degan odamga eng kerakli hislatlar ekan.
Kecha dunyoda eng qiyin deyiladigan Gretsiya marafonini yugurdim. Natija o’zim kutganday bo’ldi (shaxsiy yangi rekord) lekin bazi yerlarda homligim bilinib qoldi.
Masalan tepalikka yugurishni mashq qilmagan ekanman. Qiyin bo’ldi.

Ikkinchidan, uzoq masofalarni ko’proq mashq qilishim kerak ekan (25-30km) ya’ni tanaga uzoq masofani tamini berib turilmasa 42 km juda ko’p tuyuladi ekan yugurish kuni.

Haftalik mashqlarni qoldirmaslikning muhimligini angladim. Ish, oila, ob-havo vhk sababli ba’zan yugurishim qolib ketgandi. Bu o’sha hafta uchun tasir qilmasligi mumkin, lekin umumiy kartinada yaxshigina ahamiyati bor.

Nima bo’lgandayam, UDDALADIM. Nafs bilan qattiq kurash ketdi. Yomg’irli nam havo, jami 336 metr balandlik, kechasi 2 soatlik uyqu bilan 30mingta qatnashchi ichida 2744 va erkaklar orasida 722-o’rinlar menimcha yomon emas. Lekin albatta rivojlansa bo’ladi yana.

Afina, Gretsiya
2025.11.10
🔥7👍4👏4🕊2🍓2❤‍🔥1
November 10, 2025 318 1