Maktab vaqtimda qachon katta bo’laman ishga kirib pul topib… — Daniya kundaligi🇩🇰 — TG.ME

Maktab vaqtimda qachon katta bo’laman ishga kirib pul topib sayohatlar qilaman deb rosa o’ylardim. Vaqt o’tmasdi. Darslar uzundan uzun tuyulardi. Uzoqroq joyga qidirishga borsak yo’lni oxiri yo’qday his qilardim. Vaqt o’tgani sari bu ayni teskariga qarab ketarkan. Kunlar ortidan oylar, yillar o’tib ketyapti. Yuqoridagi o’ylaganlarimga yetishdim. Lekin endi vaqt tez o’tyapti.

O’ylab ko’rsam yoshlik vaqtimda telefonim yo’q edi, juda hashamatlar yo’q edi. Kuni bilan ko’chada yurish, mol boqish, futbol o’ynash bilan o’tgan vaqtim. Hozr ham sayohatga borsam, o’rmonda aylansam, uzoq masofaga yugursam yoki velik haydasam vaqtni uzayganini his qilaman.
Bu postni bir o’rmonda hech kim yo’q yerda yozyapman. keganimga bor yo’g’i 30 min bo’ldi ammo o’zimni xuddi kuni bilan shuyerda turganday his qilyapman.

Men uchun qiziq savol: kuni bilan telefon oldida vaqt o’tkazib katta bo’layotganlar bu hisni qachondir his qilarkanmi?

Storskov, Denmark.
Daniya kundaligi
22.06.2025
👏13🕊2🍓2✍1🤔1
June 22, 2025 749 3