#Mukofot_muborak Boshqarma boshlig‘i “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirish, jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz qatori Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev ham “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimligida o‘tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi Botir Zaripov Hamza Elliyevga davlatimizning yuksak e’tirofi bo‘lgan esdalik nishonini tantanali ravishda topshirdi.
Yuksak e’tirof — yangi marralar sari yanada katta mas’uliyat va ishonchdir!
Hamza Elliyevni ushbu munosib taqdirlov bilan samimiy muborakbod etamiz!