Savol:
Assalomu alaykum Men boshlangʻich sinf oʻqituvchisiman. Maktabda 3ta 1-toifali,1ta 2-toifali oʻqituvchi bor. Qolganlar mutaxasis. 2ta 1-toifali ustozlarga 19va 18 soatdan menga 16 soat dars berishdi sababini sorasam dekretga ketadigan oʻqituvchiga 2 soatingni olib berdik deyishdi 1 oydan keyin oʻzinga qaytadi deyishdi.3271 boyicha dars togʻri taqsimlanganmi?Dekret tatilidan qaytgan ustoz darsini qaytarib oliwga haqlimi?JAVOB:
Mehnat kodeksining 404-moddasida homiladorlik va tug‘ish ta’tili, 405-moddasida esa bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar beriladigan parvarishlash ta’tili nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy ta’til davrida xodimning avvalgi ish joyi va lavozimi saqlanadi. Kodeksning 405-moddasida ham bola parvarishlash ta’tilida xodimning ish joyi va lavozimi saqlanishi alohida belgilangan.
❗️Biroq ish joyi va lavozimning saqlanishi o‘qituvchi ta’tilga nechta dars soati bilan chiqqan bo‘lsa, aynan shuncha soat bilan qaytishi shart degani emas. O‘qituvchining ish joyi saqlanadi, dars soatlari esa har bir o‘quv yili uchun alohida tartibda taqsimlanadi.
Adliya vazirligida 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan hamda bola parvarishlash ta’tilidan qaytgan o‘qituvchiga dars soatlari Nizomning 15-bandidagi ustuvorlik ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
💁♂ Demak, ta’tildan qaytgan o‘qituvchi oldingi darslarini “o‘z soatim” deb talab qila olmaydi. Uning malaka toifasi, dars beradigan fanidan milliy yoki xalqaro sertifikati va boshqa ustuvor ko‘rsatkichlari qolgan o‘qituvchilarniki bilan birgalikda baholanadi.
Agar siz hamda 19 va 18 soat olgan o‘qituvchilar birinchi malaka toifasiga ega bo‘lib, boshqa ustuvor ko‘rsatkichlaringiz ham bir xil bo‘lsa, Nizomning 16-bandiga muvofiq dars soatlari teng taqsimlanishi kerak. Biriga 19, ikkinchisiga 18, sizga 16 soat berilishi uchun asoslantirilgan sabab bo‘lishi lozim. “Boshqa o‘qituvchi dekretga ketadi” degan vajning o‘zi teng taqsimlash talabini bekor qilmaydi.
Dekretga ketadigan o‘qituvchi hozir ishlayotgan bo‘lsa, u ham o‘zining ustuvor ko‘rsatkichiga qarab dars taqsimotida qatnashadi. U ta’tilga chiqqach, bo‘shagan soatlar pedagogik kengash tomonidan qayta taqsimlanadi. Sizga bir oydan keyin 2 soat qaytarilishi pedagogik kengash qarori va tarifikatsiya hujjatlarida rasmiylashtirilishi kerak.
📝 Direktor nomiga yozma ariza berib:
· dars taqsimoti bo‘yicha pedagogik kengash bayonnomasidan ko‘chirma berishni;❗️Ta’tildagi o‘qituvchining ish joyi va lavozimi saqlanadi, ammo avvalgi dars soatlari o‘zgarmasdan saqlanishi kafolatlanmagan. U ta’tildan qaytganda dars soatlari 3271-son Nizomning 19-bandi orqali 15-banddagi ustuvorlik ketma-ketligi asosida qayta taqsimlanadi.
· sizga 16 soat ajratilganining huquqiy asosini tushuntirishni;
· bir xil ustuvor ko‘rsatkichga ega o‘qituvchilar o‘rtasida soatlarni teng taqsimlashni;
· o‘qituvchi ta’tilga chiqqach, bo‘shaydigan 2 soatni pedagogik kengashda qayta ko‘rib chiqishni so‘rang.
eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
