Savol:
0,5 zavuchman. Oʻzim ishlab turgan maktabimda 15soat dars oʻtsam boʻladimi? Oyligim ozligi sababli...
JAVOB:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilova bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom”ning 14-bandiga ko‘ra, xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimini haftasiga ko‘pi bilan 10 soat o‘qituvchilik ishi bilan qo‘shib olib borishi mumkin.
Direktor o‘rinbosari rahbar xodim hisoblanadi. Shu sababli 0,5 stavkada direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashingiz ham belgilangan chegarani o‘zgartirmaydi:
✅ 10 soatgacha dars berishingiz mumkin;
🚫 15 soat dars olishingiz mumkin emas.
Biroq 10 soat ham avtomatik tarzda berilmaydi.
Dars soatlari 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”da belgilangan ustuvorlik ketma-ketligida avvalo o‘qituvchilarga taqsimlanadi.
Agar tegishli fan bo‘yicha dars soatlari o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangandan keyin ortib qolsa, malakangiz va mutaxassisligingiz ushbu fanga mos bo‘lgan taqdirda sizga haftasiga 10 soatgacha dars ajratilishi mumkin.
❗️0,5 stavkada direktor o‘rinbosari bo‘lsangiz ham, o‘zingiz ishlayotgan maktabda eng ko‘pi bilan 10 soat dars berishingiz mumkin. 15 soat ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz