Tog’am vafot etgandi. 3 kundan beri shu yerdaman. Og’riqli kunlar ham, kulgili momentlar ham bo’lyapti. Tarmoqlarga asosan yumorlarni yozyapman, ammo boshimdan o’tayotganlarini o’zim bilaman. Tog’am bol’nicadan qaytganda uy qiyomat qoyim bo’lib ketdi, holamlar hushidan ketgan, dod solgan, tizzasiga urib yig’lagan. Bitta holam uyni burchagiga borib unsiz yig’layapti, shu holamga ko’proq achindim, odam borini chiqarolmay yig’lashi og’ir. Skoriy chaqir, uni ko’tar, bunga suv sep, bunga dori ichir, birpasda katta xaosga tushib qolgan kichkina qizga aylanib qoldim, onamni hatto ovutishga so’z topolmadim. Shunaqa talato’pda bir-biriga yelka tutgan, bir-birini ko’targan, bag’riga otilgan - shu qarindoshlar bo’lishdi. Hamma yig’layapti, lekin boshqa qarindoshni ovutish bilan band. Qarindoshlar haqida har xil xazil, mem qilganimiz bilan baribir oila, do’stlardan keyin eng yaqin odamlar shular, ayniqsa ta’ziya, to’y-hashamda juda o’rni bilinadi.
Keyin o’zimning rasvo empatligimga ham amin bo’ldim, xotya o’zim talabalarga empat bo’lishni o’rgatishim kerak, ammo amalda bu o’ta-o’ta murakkab jarayon ekan.
Xullas, motamlar - qarindoshlar bilan ko’rishishga yagona sabab bo’lmasin, jigarlarimiz sog’ bo’lsin, ularni ehtiyot qilib, ko’proq vaqt o’tkazaylik ekan.