Namangandan Farg’onaga soat 6 ga taksi gaplashilgan edi, ertalabda yo’lga otlandim. Yo’lda qarab ketsam, hovlilar oldi supurilgan, suv sepilgan. Avvallari shunaqa uyda onam aytmoqchi “qo’li sinmagan”, sarishta qiz, kelin bor deb o’ylardim. Hozir bu estetika ortidagi mehnatni tasavvur qilib, siqilib qo’ydim.
Bizni ham saharlabda uyg’otishardi, ko’chani supurish va suv sepish uchun, uyda qiz bola yashashini mahalla bilishligi uchun.
Bu processda eng og’ir ish jismoniy mehnatdan ko’ra o’tgan-ketganga salom berish edi. Ammo shunaqa xotiralar mani asl vodiylik qiz bo’lib shakllanishimda rol o’ynagan, shuning uchun psixolog bilan ishlaganda ota-onamni bu ekspluatatsiyalari uchun “kechirganman” ))
34
1May 18, 2026 1.5K 1