Erta-indin Namanganga ta’ziyaga borishim kerak, men bo’lsa aytadigan gaplarimni repetitsiya qilyapman. Har ta’ziya oldi shu, ammo borganda mum tishlagandek jim qotaman.
Onamlarni eslayman. Onam har qanday tadbir, maraka, marosimlarda eng birinchilardan borar va darrov xizmatga sho’ng’ib ketardi. Bu menga judayam erish tuyulgan, onamni to’rida kerilib o’tirishini istaganman, ammo onam doim xizmatda yurardi. Tashkilotchilik, eng muhim vazifalar onamga topshirilardi. Kelin olib, nevarali bo’lib endi onam davralarni to’rida o’tiradi deb o’ylagandim, onam hozir ham o’shanday xizmatda.
Men onamga o’xshamadim, qayerga borsam ham eng yuqori to’riga chiqvolib, iloji boricha ish buyura olmaydigan joylarni egallayman, mehnatdan maksimum qochaman, biror ish qilsam ham qo’l uchida. Va umuman bunaqa milliycha marosim-tadbirlarda o’z pozitsiyamni ham bilmayman, jim mehmon bo’lib o’tiray desang, onang xizmatda, turib xizmat qilay desang, dangasasan.
Men otamga o’xshashga harakat qilaman deb onamning eng yaxshi fazilatlarini o’zlashtirishni unutibman.
6
5
2
2
1
1
1
1May 15, 2026 1.3K 9