Kecha ishtonimni kiyaman desam, yirtilib qolibdi. 100 foiz len, yaxshi brenddan yaxshi narxga olganman, hali yoz kelib ulgurmasidan yirtilganiga juda qalbim xijil bo’ldi. Aslida narxiga arziydi, ustizda bilinmaydi, havo o’tkazadi, yengil. Menimcha, toza len yirtilmasligi kerak degan stereotip miyamda qotib qolgan bo’lsa kerak, kutmagandim. Kambag’al miyam len o’zi bir sezonlik buyum ekanligini qachondir his qilar.
Kiyim yirtilishi uning umri tugashini anglatardi garderobimda, yo qo’lim qisqalik qildi, yo haqiqatan ishton yaxshi shekilli, qo’limgq igna-ip olib tikishga o’tirdim. Tikyotib shu sahna xayolimga kelib, bir xo’rligim ham keldi )

40
5
2
1
1May 15, 2026 1K 2