Mehnatim natijasi nafaqat "estetik zavq" bilan, balki raqamlar bilan o'lchanishini ham xohlayman.
Haqiqiy marketologning ish natijasi asli ham raqamlar bilan o'lchanishi kerak.
Chunki marketingning maqsadi shunchaki “chiroyli post” yoki “ko’p layk” yig’ish emas, balki biznesga aniq foyda keltirishdir. Bu foydani esa faqat raqamlar orqali baholash mumkin.
Masalan:
• Sotuvlar oshdimi? Bir oy davomida buyurtmalar soni 120 tadan 180 taga chiqdi.
• Mijozlar soni ko’paydimi? Nechta yangi mijoz keldi?
• Konversiya qanday o’zgardi? Reklamani ko’rganlarning necha foizi xarid qildi?
• Reklama xarajati o’zini oqladimi? 1 mln so’m reklama evaziga qancha daromad olindi?
• Qayta xarid qilayotgan mijozlar soni oshdimi?
Agar marketologning natijasi faqat “kontent chiroyli bo’ldi” yoki “odamlarga yoqdi” degan fikrlar bilan baholansa, uning ishi biznesga haqiqiy ta’sir ko’rsatganmi yoki yo’qmi, buni bilishning iloji bo’lmaydi.
Shu sababli kuchli marketologlar odatda quyidagi KPI’lar bo’yicha baholanadi:
- Sotuv hajmi;
- Leadlar (murojaatlar) soni;
- Mijoz jalb qilish narxi (CAC);
- Reklama rentabelligi (ROAS yoki ROI);
- Konversiya darajasi;
- Mijozni ushlab qolish (retention) ko’rsatkichlari.
Albatta, barcha natijalar ham marketologning o’ziga bog’liq emas. Masalan, mahsulot sifati, narx, sotuv bo’limining ishlashi yoki logistika ham katta rol o’ynaydi. Shuning uchun adolatli baholashda marketolog nazorat qila oladigan ko’rsatkichlar va biznesning umumiy natijalari birgalikda hisobga olinishi kerak.
Qisqacha aytganda, “o’lchanmaydigan natijani boshqarib bo’lmaydi.” Raqamlar marketologning g’oyasi va strategiyasi biznes uchun haqiqatan ham ishlaganmi yoki yo’qligini ko’rsatadigan eng xolis mezondir. 📍
@digitalxon






