Digitalxon: post #8 — TG.ME

“Yaxshi mahsulot reklamaga muhtoj emas!”…

mi?

Men buni biroz qayta iboralab “Yaxshi mahsulot yaxshi reklamaga muhtoj” degan bo’lardim.

Reklama qilinayotgan, ayniqsa «aksiya yoki chegirmaga qo’yilgan mahsulot = yomon mahsulot» degan tushuncha allabobom zamonida qolib ketib bo’ldi.

Nega? Sabab, allabobom yashagan davrda mahsulot yoki hizmatlarga talab yuqori, taklif esa kam bo’lgan. To’y marosimlar uchun sharbat olmoqchi bo’lsangiz do’konda 2-3 xilgina tanlov bo’lgan. O’shandan bittasi aniq sifatli, bittasi biroz sifatsizroq edi.

Hozir holat umuman boshqacha. Nima mahsulot yoki nima hizmat qidirsangiz kamida 4-5 ta yaxshi variant chiqadi. Bunday holatda nimasiga qaraysiz? Albatta reklama kampaniyalariga.

Hozirda reklama kampaniyalari sifatiga qarab brend sifatini ham belgilab olish mumkin. Noto’g’ri qilingan reklama kampaniyasi brend nomini butkul buzib tashlaydigan zamondamiz hozir. (Misol sifatida nam salfetkalarni uchrashuvga chiqqan qizning yuzini artib reklama qilgan bloggerni eslashingiz mumkin 🤡)

Huddi shunday, sifatli reklama “yomon” mahsulotni ham mashhur qilib yuborishi mumkin. (Bunga barcha zararli dori/ mahsulotlar, tez pul ishlash kurs/ ilovalari va hokazolar misol bo’la oladi)

Agar siz yaxshi mahsulot yoki hizmat ishlab chiqarsangiz-u, lekin “mening mahsulotim reklamaga muhtoj emas, kerak odamlar topib oladi” deb o’tirsangiz, odamlar huddi sizdek mahsulot va hizmat beradigan “yomon” kompaniyalarga yuzlanishiga tayyor turing.

Sababi, reklama avvalambor ma’lumot bera olishi kerak. Sizning mahsulotingizning maqsad va vazifalaridan tortib, uning ishlab chiqarilishi tarixigacha haridorga yetqazib bera olishingiz kerak.

Haridor sizda unga kerak bo’lgan mahsulot borligini bilgandan keyin endi nega u bu mahsulotni aynan sizdan olishi kerakligiga qiziqadi. Bu joyda esa endi yana reklama yordamida o’zingizning noyob sotuv takliflaringizni berasiz. Shundagina haridor “yomon” brendga aldanmay sizni tanlay oladi.

Hozirgi davrda brend maqsadi, qadriyatlari va missiyasidan kelib chiqib uni yaxshi reklama qilish shart.

Agar siz reklama yordamida o’z mahsulotingiz haqida to’g’ri habar bermasangiz, unda xalq o’zi mahsulotingiz haqida ma’lumot o’ylab topadi. 🦦

@digitalxon
❤16💯4🔥3
July 25, 2024 2.8K 11