Digitalxon: post #6 — TG.ME

“San qizni telefondan boshing chiqadimi o’zi?” tahminan mana shu gap mening sohamning eng zo’r ta’rifi.

Digital marketolog - bu digital (raqamli) kanallarning barcha turlarini biror mahsulotni e’lon qilish, tanitish va sotish uchun ishlata biladigan odam.

Raqamli kanallar - bu telefon, televizor yoki kompyuteringizdagi istalgan ilova bo’lishi mumkin.

- Masalan o’yin o’ynab o’tirganingizda birdan “Uzum”ning reklamasi chiqib qoldimi? Bu ustida digital marketolog ishlagan.
- Googledan “Borsh uchun qizil suvni qayerdan olsa bo’ladi?” deb yozganingizda beeline reklamasi chiqdimi? Bu ustida ham digital marketologlar ishlagan.
- Televizor ko’rayotganingizda “Kyupen, kyupen, og’riqni qoldiraadi” deb chiqdimi? Bu ham digital marketolog ishi.
- Instagramda oyiga minglab reklamalar ko’rasiz. Bularning hammasi ustida digital marketolog ishlagan.

SMM menejerdan digital marketologning farqi ham shunda. SMM (social media marketing) faqat sotsial media, ya’ni instagram, facebook, telegram, ya’ni kimdirlar bilan habarlashsa bo’ladigan ilovalarda mahsulotingizni reklama qilish bilan shug’ullanadi. Digital marketolog esa xohlasangiz mashinalar sotiladigan saytda reklama qilib beradi.

Ushbu kanalni ochishni 3 yildan beri o’ylab yurardim. Mana endi o’zimni tayyor his qildim.

Bu kanalda digital hayotdagi yangiliklar, ma’lumotlar, faktlar va o’zimning shaxsiy fikrlarim bo’ladi. Digital marketingga mening nazarim bilan qarash imkonini berishga harakat qilaman.

Bu esa, ishonavering, juda qiziq. 🦦

@digitalxon
🔥21❤5💯1
July 23, 2024 3.2K 11