Digitalxon: post #12 — TG.ME

- Logo

Brendning logo qismi ikki qismdan, ya’ni grafik (rasm, belgi, chizma) va text (yozuv, nom, slogan) dan iborat.

Logoning grafik qismi brend faoliyatini to’liq ifodalab bera oladi. Text qismida esa brend nomi. Ammo hamma narsa o’ta ingichka. Logo telefonda yasalgani bittada seziladi, sababi telefon ekranida bu narsa katta ko’rinadi. Ammo kelajakda merch tayyorlashga va kiyim yoki boshqa predmetlarga logoni joylashtirishga to’g’ri kelsa logo juda ko’rimsiz bo’lib qoladi.

Undan tashqari logo statik, ya’ni qattiq bir ko’rinishli, u bilan “o’ynab” bo’lmaydi, o’zgartirib bo’lmaydi (kuchli bir kreativlar o’ylab topilmasa, albatta). Dinamik logotip - bu uni har xil ko’rinishga, rangga, tusga o’zgartirsa ham o’zligini, aslini yo’qotmaydigan logo. Misol, KFC logosi statik, Nike logosi dinamik.

Logoning tetx qismini qalinroq, burmaroq va qandaydir belgilari bor shriftga o’zgartirishni maslahat bergan bo’lardim. Maqsad, brendning nafislik, jozibalilik va yumshoqlik pozitsiyasida ko’rsatish. Brend ayollarga hos va estetik zavq beradi degan message bera olish.

*keyingi postda shrift uchun misollar ko’rsataman.

@digitalxon
🔥8❤3
July 30, 2024 1.3K 5