Computer_simulations_Uz: post #1415 — TG.ME

🌱Sirdaryo viloyatida topshiriq ijrosi amalda!

📅 Joriy yilning 7-may sanasida “TIQXMMI” MTU rektori va Sirdaryo viloyati hokimi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi asosida ishlab chiqilgan **“Yo‘l xaritasi”**ning 6-bandida belgilangan 📌 “Kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarda takroriy mosh urug‘larini plazmali nurlantirib ekish texnologiyasini joriy qilish” vazifasi amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱 Takroriy ekin sifatida plazmali nurlantirishdan o‘tkazilgan mosh urug‘lari ekilib, ularning o‘sishi va rivojlanishi an’anaviy usulda, ya’ni plazmali nurlantirilmasdan ekilgan moshga nisbatan oldinda ekanligi kuzatilmoqda.
⏱️ Ayniqsa, muhim jihati shundaki, plazmali nurlantirilgan urug‘lar 5 kun kechroq ekilgan bo‘lishiga qaramay, 11-avgustdagi kuzatuvlarda ularning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari 5 kun oldin an’anaviy usulda ekilgan mosh bilan solishtirganda yuqori holatda qayd etilmoqda.
Bu holat plazmali nurlantirish texnologiyasining:
🌱 Urug‘larning unib chiqishi va dastlabki rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish;
📈 O‘simliklarning vegetativ rivojlanishini faollashtirish;
Takroriy ekinlarni qisqa vegetatsiya davrida samarali yetishtirish;
♻️ Kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish
uchun istiqbolli texnologiya ekanligini ko‘rsatmoqda.


🎯 Asosiy maqsad — ilmiy ishlanmalarni bevosita ishlab chiqarishga joriy etish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda Sirdaryo viloyatida takroriy ekinlar yetishtirish samaradorligini oshirish.


🧑‍🔬📚 Ilm-fan 💡 innovatsiya amaliyot = 📈 YUQORI SAMARADORLIK!

#Sirdaryo #TIQXMMI 🎓 #TIIAME #Innovatsiya 💡 #PlazmaliNurlantirish #Mosh #TakroriyEkin 🌱 #QishloqXo‘jaligi #AgroInnovation #IlmFan #Samaradorlik
🔥4
August 11, 2026 264 1