Computer_simulations_Uz: post #1410 — TG.ME

[Uz] Shogirdimning navbatdagi xalqaro yutug‘i!
Javohir Xursandovni Yangi O‘zbekiston universitetining Zamonaviy fizika (Modern Physics) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagani hamda xalqaro miqyosdagi muhim ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklayman.
Javohir Yevropa Ittifoqining eng nufuzli ilmiy dasturlaridan biri — Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) doirasidagi MS-RADAM Doctoral Network loyihasining DC4 doktorantura pozitsiyasiga sazovor bo‘ldi. Ushbu tanlov yuqori ilmiy salohiyatga ega yosh tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropaning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarini birlashtiradi.
Mazkur muvaffaqiyat natijasida u Germaniyaning Frankfurt shahridagi MBN Research Center ilmiy markazida faoliyat olib boradi hamda Goethe University Frankfurt doktorantura (PhD) dasturida tahsil oladi.
Javohirning ilmiy tadqiqotlari radiatsiya ta'siriga uchragan biomakromolekulyar tizimlarning nanokimyosi yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda reaktiv molekulyar dinamika, ko‘p masshtabli modellashtirish (multiscale modelling), stoxastik dinamika va boshqa zamonaviy hisoblash usullari yordamida biologik muhitlarda radiatsiya ta'sirida yuz beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotlar radioterapiya, zarrachalar terapiyasi hamda radiatsiyadan himoyalanish sohalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bu yutuq Javohirning ilm-fanga bo‘lgan intilishi, mehnatsevarligi va izlanishlari natijasidir. Ishonamanki, u kelgusida ham xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib o‘rin egallab, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Javohirni ushbu ulkan yutug‘i bilan yana bir bor tabriklayman! Ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi kashfiyotlar va omad tilayman!
[En] Proud of My Student’s Outstanding Achievement!
It is with great pride that I congratulate my student, Javohir Xursandov, on successfully completing his Master’s degree in Modern Physics at New Uzbekistan University and taking the next major step in his academic career.
Javohir has been selected as a Doctoral Candidate (DC4) in the highly competitive Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) Doctoral Network – MS-RADAM, one of the European Union’s most prestigious doctoral training programmes. Through this achievement, he has secured a fully funded PhD position at the MBN Research Center in Frankfurt, Germany, where he will conduct his doctoral research while being enrolled in the PhD programme at Goethe University Frankfurt.
His doctoral research project, "Nanochemistry of Irradiated Biomacromolecular Systems," focuses on modelling radiation-induced chemical processes in biologically relevant media using advanced computational methods, including reactive molecular dynamics, stochastic dynamics, and multiscale modelling. This research aims to improve our understanding of radiation effects at the molecular level, with potential applications in radiotherapy, particle therapy, and radiation protection.
Being selected for an MSCA Doctoral Network is a remarkable achievement that reflects Javohir’s dedication, scientific ability, and strong research potential. I am confident that he will continue to make meaningful contributions to science and proudly represent Uzbekistan within the international research community.
Congratulations, Javohir! I wish you every success in your PhD journey and future scientific career.
#NewUzbekistanUniversity #ModernPhysics #MSCA #MarieCurie #MSRADAM #GoetheUniversity #MBNResearchCenter #PhD #ComputationalPhysics #Science #Research #Uzbekistan
Facebook
Javohir Xursandov
Javohir Xursandov is on Facebook. Join Facebook to connect with Javohir Xursandov and others you may know. Facebook gives people the power to share and makes the world more open and connected.
🔥12👏8
August 5, 2026 485 2 4