Computer_simulations_Uz: post #1411 — TG.ME

Hamkorlikdagi yangi ilmiy maqola chop etildi!
Xalqaro ilmiy jamoamizning tadqiqoti Oxford University Press nashryotining Endocrinology jurnalida (IF: 3.8 ) chop etildi.
Tadqiqotda University of Florida, Åbo Akademi University, University of Maine at Farmington, Eberhard Karls University Tübingen, University of Liège va boshqa ilmiy muassasalar olimlari ishtirok etdilar.
PhD talabam Muhriddin Makhkamov bilan birgalikda tadqiqotning hisoblash qismida ishtirok etib, molekulyar dinamika va erkin energiya hisoblashlari yordamida A8535 va PT-91 ligandlarining SREB1 retseptori bilan bog‘lanish mexanizmlarini o‘rgandik.
Natija ligandlar SREB1 ning bir xil bog‘lanish sohasida joylashishini hamda Y302/Y301, F78/F77 va V326/V325 kabi aminokislotalar ligandni barqaror ushlab turishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi.
Eng muhimi, hisoblash natijalari tajribada kuzatilgan gen ekspressiyasi va metabolik javoblarning molekulyar mexanizmlarini tushuntirishga yordam berdi. Bu topilmalar metabolizm, reproduktiv biologiya va SREB retseptorlarini nishonga oluvchi yangi biologik faol birikmalarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega.
Ilm-fanning eng katta kuchlaridan biri — turli mamlakat va turli yo‘nalishdagi olimlarning bilimlarini birlashtira olishidadir. Bunday xalqaro va fanlararo tadqiqotlarda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Maqola open access: https://doi.org/10.1210/endocr/bqag089
🔥8
August 10, 2026 198 2