#weekfoto
📸 Haftaning fotosi!
Neyron tarmog‘ining mitoxondrial membrana potensiali
Bu rasm Ilg'or texnologiyalar markazi Eksperimental biofizika laboratoriyasi xodimlari tomonidan olingan neyron tarmog'ining tasviri - porlayotgan qismlar mitoxondrial membrana potensialini, ya'ni har bir neyrondagi hujayra "energiya stansiyalari"ning qanchalik faol ishlayotganini ko'rsatadi.
Porlash qanchalik yorqin bo'lsa, membranadagi zaryad shunchalik kuchli - aynan shu zaryad hisobiga mitoxondriya ATF sintez qiladi. Shu porlash orqali hujayra energetikasining holati haqida xulosa chiqarish mumkin.
@uzadvanced


















