#Mustaqillik35
2026-yil 25-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimiz tarixidagi muhim sanalardan biri - "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni ta'sis etildi.
23-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport, madaniyat va OAV sohalarida mamlakat rivojiga hissa qo'shgan xodimlar guruhini ushbu nishon bilan mukofotlash to'g'risida farmon imzoladi.
Mukofotlanganlar orasida Ilgʻor texnologiyalar markazi xodimlari ham bor: Shahnoza Ibragimova, Nargiza Tsiferova, Soyibjon Bozorov, Sharofiddin Nuriddinov va Artyom Baev.
Hamkasblarimizni munosib mukofot bilan tabriklaymiz! Bu ularning ko'p yillik mehnati va mamlakat fanini rivojlantirishga qo'shgan hissasining e'tirofidir.
@uzadvanced
9
4
2August 28, 2026 270



