Computer_simulations_Uz: post #1399 — TG.ME

[Uz] Institutimizda samarali uchrashuv
Kurbonov Azizbek institutimizga tashrif buyurdi. Azizbek startup loyihalar bo‘yicha tajribali mutaxassis bo‘lib, venchur fondlar va banklarda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
Uchrashuvimiz qariyb 3 soat davom etdi. Suhbat davomida institutimizda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, ayniqsa tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar batafsil muhokama qilindi. Xususan:
plazma texnologiyalarining turli sohalardagi qo‘llanilishi,
bioo‘g‘itlar,
hamda qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar bo‘yicha taqdimot qilindi.
Mutaxassis sifatida Azizbek ishlanmalarimiz uzoq muddatda sezilarli ijobiy natijalar berishini alohida ta’kidladi.
Azizbek bilan hamkorligimiz samarali bo‘lishiga ishonaman. Ushbu uchrashuvni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan shogirdim Khikmatillo Gulyamovga alohida minnatdorchilik bildiraman.
[En] A productive meeting at our Institute
Kurbonov Azizbek has visited our institute. Azizbek is an experienced specialist in startup projects and works as an advisor to venture funds and banks.
Our discussion lasted for nearly three hours. During the meeting, we presented the research and innovations being developed at our institute, with particular attention to projects that have strong commercialization potential. In particular, we discussed:
applications of plasma technologies in various fields,
biofertilizers,
and the scientific results achieved so far.
As an expert, Azizbek noted that our developments have strong long-term potential and could lead to significant positive impact. This gives us even greater confidence in the practical value of our work.
I believe our cooperation with Azizbek will be productive and mutually beneficial. I would also like to sincerely thank my student Khikmatillo Gulyamov for organizing this meeting.
#Innovation #Startups #Commercialization #Science #PlasmaTechnology #Biofertilizers #Collaboration #IFAR
🔥4
July 16, 2026 279