TA’LIM SIFATINI OSHIRISH YO‘LIDAGI MUHIM HAMKORLIK 🇺🇿 Toshkent… — Adpi.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

TA’LIM SIFATINI OSHIRISH YO‘LIDAGI MUHIM HAMKORLIK

🇺🇿 Toshkent shahridagi Swissotel mehmonxonasining anjumanlar zalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO hamkorligida manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📚 Tadbir doirasida “Kompetensiyaga asoslangan ta’lim yondashuvi asosida pedagog kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirish konsepsiyasi” taqdimoti o‘tkazildi.

Uchrashuvda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ta’lim dasturlari mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida boyitish, bo‘lajak pedagoglarda kasbiy va amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalari va manfaatdor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🎓 Andijon davlat pedagogika instituti nomidan mazkur tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O‘tkirbek Mutalibjonovich Muxtarov hamda institutning transformatsiya yo‘nalishi bo‘yicha mas’ullari ishtirok etdi.

Muloqotlar davomida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy kompetensiyalarni samarali integratsiya qilish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda ta’lim samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

🤝 Uchrashuv yakunida pedagogik ta’limni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan takliflar almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
❤5
August 28, 2026 2.7K 3