MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Aziz vatandoshlar!
Andijon davlat pedagogika instituti yoshlari nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobi, milliy g‘ururimiz, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun biz, yoshlar, tinch va ozod yurtda ta’lim olish, bilim va salohiyatimizni namoyon etish, ulkan maqsadlar sari dadil intilish imkoniyatiga egamiz.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, avvalo, bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va fidoyi yoshlarning kuch-g‘ayrati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois biz ona Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz kelajagi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishni o‘zimiz uchun yuksak sharaf va mas’uliyat deb bilamiz.
Mustaqilligimizning 35 yilligi har bir xonadonga quvonch, fayz-u baraka, yurtimizga esa tinchlik, taraqqiyot va yangi zafarlar olib kelsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va buyuk kelajakni birgalikda bunyod etaylik!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
35 yillik bayramimiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Andijon davlat pedagogika instituti yoshlari
Forwarded fromADPI yoshlari | Rasmiy kanali

10
6August 31, 2026 2.2K 8 16