O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi farovonligini, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida islohotlar samarasini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatib kelayotgan, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan vatandoshlarimizni “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Andijon davlat pedagogika institutining bir guruh rahbar va xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi:
Baxtiyor Rasulov — Andijon davlat pedagogika instituti rektori;
Muhammadjon Parpiyev — institut birinchi prorektori;
Tursunboy Qodirov — institut prorektori;
Azizbek Egamberdiyev — Pedagogika fakulteti dekani;
Nazirjon Yaqubov — Magistratura bo‘limi boshlig‘i;
Nodirbek Malikov — Xodimlar bo‘limi boshlig‘i;
Xurshidbek Mo‘ydinov — bino komendanti;
Akmaljon Abduvaliyev — Matematika informatika kafedrasi o‘qituvchisi;
Jahongirshox Karimov — institut tyutori
Mazkur e’tirof institut jamoasi vakillarining mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim va tarbiya sohasini rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz.
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin! 🇺🇿















