Aziz vatandoshlar! Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi… — Adpi.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

Aziz vatandoshlar!

Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va eng qadrli bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz, o‘zligimiz va qadriyatlarimizni tiklashga keng yo‘l ochgan buyuk tarixiy ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ilm-ma’rifatga intilishi va kelajakka bo‘lgan ishonchi yanada yuksaldi.

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ta’lim va tarbiya, ilm-fan hamda yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Biz, pedagoglar jamoasi, Vatanimiz kelajagi uchun mas’ul, bilimli, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashni sharafli burchimiz deb bilamiz.

Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi har bir xonadonga quvonch, fayz-u baraka va farovonlik olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin! Vatanimizning nufuzi, qudrati va taraqqiyoti yanada yuksalib, ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqaversin!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
❤7
August 31, 2026 2K 5