Bugun Istanbulning Fener mahallasida joylashgan mashhur Fener Rum maktabini ko’rish nasib qildi.
Bu maktab 1454-yilda,Mehmed II (Fotih Sulton Mehmed) Konstantinopolni zabt etganidan ko’p o’tmay tashkil etilgan. O’sha davrda pravoslav yunon jamoasiga o’z tilida ta’lim berishga ruxsat berilgan va shu tariqa maktab faoliyati boshlangan.
Bugun ko’rib turgan qizil rangdagi muhtasham bino esa 1880–1882-yillarda qurilgan. Qizil g’ishtlari Fransiyaning Marsel shahridan olib kelingani aytiladi. Shu sababli u xalq orasida “Qizil maktab” nomi bilan ham mashhur.
Bu maskan oddiy maktab bo’lmagan. Usmoniylar davrida bu yerda ta’lim olganlar orasidan:
davlat arboblari,diplomatlar,
Valaxiya va Moldaviya hukmdorlari,
mashhur olim va ustozlar yetishib chiqqan.
Bugungi kunda ham bu maktab Fener xususiy yunon o’rta maktabi va litseyi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Maktabning buyukligi uning devorlarida emas, asrlar davomida tarbiyalagan insonlarida namoyon bo’ladi.




