Agar sotuvchi:
— undan nima kutilayotganini bilmasa;
— qanday ko‘rsatkich bilan baholanishini tushunmasa;
— natijasi qanday o‘lchanishini bilmasa;
— yaxshi natija uchun qanday motivatsiya borligini ko‘rmasa,
unda undan yuqori natija kutish qiyin.
Shuning uchun kuchli sotuv bo‘limida faqat “sot” degan topshiriq bo‘lmaydi.
✔️ Aniq ko‘rsatkichlar bo‘ladi.
✔️ Nazorat bo‘ladi.
✔️ Motivatsiya bo‘ladi.
✔️ Va eng muhimi — tizim bo‘ladi.
5-modulning so‘nggi mavzularidan biri ham aynan: Savdo ko‘rsatkichlari va motivatsiya.
“Sotuvchilarim ishlayaptimi?” emas.
“Sotuv bo‘limim natija beradigan tizim sifatida ishlayaptimi?”

