Hammada boʻlsa kerak shunaqa holat:
Har har zamon oʻylab qolamiz nega ishlarimiz oʻxshamayapti, nega u boʻlmayapti, nega bu boʻlmayaptimi? A shunaqami?
Keyin oxirida aytib qoʻyamiz: Xudo xohlasa boʻladi deb!
Men oʻylab qoldim, shuncha qiynalishimizni Xudo xohlayaptimikin deb, keyin oʻzimcha taqqoslash bilan solishtirib boshladim.
Yoshligimizda bilsangiz ota onamizni bizni xohish istak aytganlarimizni qilishi uchun shunday yelib chopib, tinmasdan xizmatlarini qilib ularga yoqadigan ishlarni qilsak ular xursand boʻlib bizni xohish istaklarimizni bajarib aytganlarimizni qilardi bilasiz-a shuni😊?!
A lekin aytganini qilmasak, teskarisi boʻlardi hamma narsadan mahrum boʻlib juda bir yomon holatda qolardik.Ishxonalarda ham xuddi shunday xoʻjayinlarni aytganini aytganday qilsak yaxshi boʻladi ishimiz, ragʻbatlantirishlar bizga boʻladi va hokazo.
Endi diqqat qiling:
Uydagi rahbarlarni aytganini qilsak uyda baxtli boʻlamiz!Ishxonadagi rahbarlarni aytganini qilsak ishxonada baxtli boʻlamiz Toʻgʻrimi ??
Ha albatta toʻgʻri !
Endi hayotda baxtli boʻlish uchun kimni aytganini qilishimiz kerak?
Albatta Olamlar robbisi Allohni! Shunda, Alloh xohlaydi bizni ishlarimiz yaxshi boʻlishini, xohish istaklarimiz amalga oshishini!
Siz oʻzingizga savol bering!
Xudo xohlasa deb, Xudo xohlagan ishlarni qilyapsizmi?
Yoki Xudo xohlamagan ishlarni qilib , Xudo xohlashini kutyapsizmi....?