Ba’zan qalblar tilsiz ham bir-birini his qiladi. Bu his oddiy tasodif… — Shavkat Fayos | Rasmiy Blog — TG.ME

Ba’zan qalblar tilsiz ham bir-birini his qiladi. Bu his oddiy tasodif emas, balki qalblar orasidagi nozik rishtalarning, samimiyat va ixlosning aksidir.

Shogirdimni eslab, unga duo qilgan paytimda ko‘p o‘tmay undan xabar keladi. Bu holat menga yana bir bor shuni anglatadi: qalbdan chiqqan duo yo‘lda qolmaydi, u albatta manziliga yetadi. Chunki samimiy mehr va duo masofani tan olmaydi, vaqt va makon chegaralaridan ustundir.

Shu bilan birga, bizni shu darajaga yetkazgan ustozlarimizni ham eslab, ularga duo qilishni unutmaylik. Chunki bizdagi ilm, tarbiya va odob — ularning mehnati va sabrining samarasidir.

Ustoz va shogird o‘rtasidagi bog‘liqlik faqat ilm bilan emas, balki qalb bilan ham mustahkamlanadi. Bu rishta hurmat, ishonch va ixlos bilan oziqlanadi. Ana shunday aloqalar barakali bo‘ladi, insonni yuksaltiradi va hayotiga ma’no bag‘ishlaydi.

Alloh ustoz-shogird o‘rtasidagi muhabbatni ilm, ixlos va baraka bilan mustahkam qilsin.
💯5❤2👍2🔥1
July 8, 2026 521 1 2