Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov “Yoshlar kuni” doirasida 1-son texnikum talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Hokim yoshlarning fikr va takliflarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasblarni egallash, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, tadbirkorlik va innovatsion loyihalarga faol jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

