4-sentabr kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 19:00 da futbol muxlislarini muhim va murosasiz uchrashuv kutmoqda! 🏟️
Unda “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Sevimli jamoamizni stadiondan turib qo‘llab-quvvatlashni istagan mirishkorlik muxlislar uchun Mirishkor tumani hokimligi tomonidan bepul avtobuslar tashkil etiladi.
📅 Sana: 4-sentabr, 2026-yil
📍 Jo‘nab ketish manzili: Mirishkor tumani hokimligi oldidan
⏰ Jo‘nab ketish vaqti: 16:00
Muxlislik — shunchaki tomosha emas, bu jamoa bilan birga bo‘lish, unga kuch va ishonch berishdir!
Barchangizni stadionga chorlaymiz! Keling, birgalikda “Nasaf”ga munosib muxlislik qilaylik, jamoamizni olg‘a chorlaylik!
Birga boramiz! Birga muxlislik qilamiz! Birga g‘alaba sari!




