MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy: post #61431 — TG.ME

#Xushxabar

Mirishkor tumani 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Xolmurodov Asilbek Alisher o‘g‘li matematika fanidan xalqaro SAT imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1240 ball natija qayd etdi hamda xalqaro SAT sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur natija o‘quvchining matematika faniga bo‘lgan qiziqishi, izlanishi va muntazam mehnatining munosib samarasidir. Bu kabi yutuqlar maktabda ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarning ham amaliy ifodasidir.

Asilbekni ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etib, kelgusida xalqaro imtihonlarda yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishi, bilim va salohiyatini nufuzli ta’lim muassasalarida namoyon etishiga tilakdoshmiz!

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
👏33👍9❤8
September 4, 2026 2.1K 12