MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy: post #61419 — TG.ME

Yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov “Yoshlar kuni” doirasida 1-son texnikum talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Hokim yoshlarning fikr va takliflarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasblarni egallash, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, tadbirkorlik va innovatsion loyihalarga faol jalb etish muhimligi ta’kidlandi. 😎😎😎😎😎😎😎😎 📌📌📌📌 / @mirishkorpress

⚡2👏2
September 4, 2026 2.4K 10