Yoz tugayapti...
Sanoqli kitoblar o'qidim. Tab sotib oldim - kattaroq maqsadlarimdan biri edi. Tab bilan onlayn dars o'tish va vazifalar tekshirish ilgargilaridan 10x oson va qulaylashdi deya olaman. Ingliz tiliga bordim 2oy. Turk tilidan kurslar davom etyapti, Kelasi dushanba offline guruh uchun sinov darsi o'tib berishim kerak. Chess'da ancha-muncha narsani o'rgandim, buyam bir foydali hobbyda) Mutolaa premiumimni 2027-yil oxirigacha uzaytirdim(Marrada qatnashib).
Uyqu siklim umuman tuzalmadi, niktofilga aylandim, bu postni ham kechasi aksar insonlar uxlaganda yozyapman. Ochiqcha qaraydigan bo'lsam Introvertlarcha Yoz o'tkazdim. Menimcha bu holatdan chiqish ham u qadar oson bo'lmaydi.
Lekin anchayin kitoblar o'qiganimdan ichimdagi perfectionist biroz tinch. Lekin ingliz tilimni yana e'tiborsiz qoldirdim, shunga siqilyapman.
Yaxshi joydan kelgan ish taklifini rad etdim - bir zamonlar ish izlab yurgandim, bu rad qilish qaysidir ma'noda men uchun yutuqdek gap deyolaman, hozirgi holatimda.
Aytgancha, o'quvchilarimni natijasi ham Iyunda ochiqlandi. Anchagina kutganimdan a'lo natijalar bilan siyladi bolalarim)
shu zaylda menimcha bir necha kundan keyin Yozimga yakun yasayman. menga bu yoz yoqdi